Главная » 2022 » Ноябрь » 9 » Ilk bor O‘zbekistonning 8 ta oliygohi Osiyoning “top 1000” ro‘yxatiga kirdi
14:19

Ilk bor O‘zbekistonning 8 ta oliygohi Osiyoning “top 1000” ro‘yxatiga kirdi


Ilk bor O‘zbekistondagi 8 ta oliy ta’lim muassasalari Osiyodagi “top 1000” talikdan joy oldi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, nufuzli xalqaro reyting tashkiloti – QS Osiyo universitetlarining 2023 yil uchun reyting natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ilk bor O‘zbekistonda joylashgan 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi eng kuchli universitetlar ro‘yxatiga kiritilgan.

QS’ning joriy yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng haqqoniysi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obro‘si, PhD darajasiga ega bo‘lgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me’zonlar birinchi marotaba kiritilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: 8 ta, Osiyoning, ro‘yxatiga, 1000, bor, ilk, top, O‘zbekistonning, oliygohi, kirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя