Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » Ijtimoiy tarmoqlar orqali online firibgarlik holatlari ko‘paymoqda
18:57

Ijtimoiy tarmoqlar orqali online firibgarlik holatlari ko‘paymoqda


So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “fake” akkauntlar yaratib, aholini chuv tushirish holatlari ko‘paygan. Yolg‘on xabarlarga ishonib, pullarni tovlamachilarga boy berish holatlari ham ko‘p kuzatilmoqda.

Firibgarlar “Click-Bonus”, “Click foydalanuvchilariga pul tarqatmoqda” sarlavhalari bilan yolg‘on xabarlar tarqatishyapti. Ma’lum bo‘lishicha, bu turdagi xabarlar plastik karta foydalanuvchilariga havola bilan birga jo‘natiladi.

Xabarda ma’lum bir qiymatli summa miqdori ko‘rsatilib, “Siz g‘olib deb topildingiz” yoxud “Siz mana shuncha summaga ega bo‘ldingiz” mazmunida tabrik yuboriladi. Pulni olish uchun havola orqali o‘tish kerakligi aytiladi, foydalanuvchi unga plastik karta ma’lumotlarini kiritadi va sms kodni firibgarlarga jo‘natadi. Shundan so‘ng, plastik kartadagi pul mablag‘i yechib olinadi.

Xabardor.uz “Click” rasmiylari bilan bog‘lanib, vaziyatni aniqlashtirdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: online, ko‘paymoqda, ijtimoiy, tarmoqlar, holatlari, firibgarlik, orqali | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя