Главная » 2022 » Октябрь » 29 » Hindistonda samolyot dvigateli havoga ko‘tarilish vaqtida yonib ketdi
17:50

Hindistonda samolyot dvigateli havoga ko‘tarilish vaqtida yonib ketdi


Hindistonning IndiGo aviakompaniyasining samolyoti dvigateli Dehli aeroportidan ko‘tarilish paytida yonib ketdi. Bu haqda “The Indian Express” nashri xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, samolyot bortida 177 yo‘lovchi va 7 ekipaj aʼzosi bo‘lgan. Texnik nosozlik tufayli reys to‘xtatilib, barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yo‘lovchilar o‘z manziliga – Bangalorga boshqa reysda jo‘natilgan.

Aviakompaniyaning dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, samolyotning parvozi vaqtida dvigatelda nosozlik yuzaga kelgan, bu yong‘inga sabab bo‘lgan.

Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: havoga, vaqtida, KETDI, ko‘tarilish, Hindistonda, Samolyot, dvigateli, yonib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя