Главная » 2022 » Октябрь » 31 » Hindistonda osma ko‘prik qulab tushdi
12:06

Hindistonda osma ko‘prik qulab tushdi


Hindiston g‘arbidagi Gujarot shtatida osma ko‘prik qulab tushdi.

Ko‘prik qulashi tufayli kamida 90 kishi halok bo‘lganligi aytilmoqda.

Keltirilishicha, Morbi shahridagi Machxu daryosi orqali o‘tgan ko‘prik yarim yil davom etgan ta’mirlash ishlaridan keyin yaqinda ochilgan

Qulash vaqtida unda yuzdan ortiq odam bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 91 kishining o‘limi tasdiqlangan, 70 kishi yaralangan.

Shuningdek, shtat ichki ishlar vaziri Xarsh Sanghavi Divali va Chxat Pudja bayramlari nishonlanadigan mavsumda sayyohlarni o‘ziga jalb etadigan tor arqonli ko‘prikda 150 dan ortiq kishi bo‘lganini ma’lum qildi.

Osma ko‘prik sayyohlar orasida qadimiylik va uzunlogi bilan mashhur bo‘lgan, 230 metr uzunlikdagi ko‘prik XIX asrda Buyuk Britaniya boshqaruvi paytida qurilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Hindistonda, qulab, ko‘prik, tushdi, osma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя