Главная » 2022 » Сентябрь » 21 » Harbiy xizmat evaziga fuqarolik. Rossiya pasportini olish osonlashmoqda
19:33

Harbiy xizmat evaziga fuqarolik. Rossiya pasportini olish osonlashmoqda


Federatsiya Kengashining Konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi bugun, 21 sentabr kuni harbiy xizmatni o‘tash haqidagi shartnomasini bajargan xorijliklar uchun Rossiya fuqaroligini olishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi qonunni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Yangi qoidalar kamida bir yil muddatga harbiy shartnoma tuzgan xorijiy fuqarolarga taalluqlidir. Ular Rossiya hududida yashash uchun ruxsatnomasiz va besh yil davomida doimiy propiskasiz Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, chet elliklar bilan birinchi harbiy xizmat shartnomasi bir yilga tuzilishi mumkinligi ham nazarda tutilgan. Hozirgi vaqtda bunday shartnomaning minimal muddati besh yil.

Seshanba kuni Moskva meri Sergey Sobyanin Moskva hukumati Rossiya Mudofaa vazirligiga xorijiy fuqarolarning harbiy xizmatga kirishini tashkil etishda yordam berish uchun “Saxarova” migratsiya markazida to‘liq infratuzilmani joylashtirishini maʼlum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar xizmatlari shartnomalar tuzish fuqarolarga imkon qadar qulay bo‘lishi uchun barcha zarur ishlarni amalga oshiradi.
 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: harbiy, osonlashmoqda, Rossiya, olish, evaziga, pasportini, xizmat, fuqarolik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя