Главная » 2022 » Октябрь » 24 » Hamshirani farzandi oldida kaltaklaganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
12:19

Hamshirani farzandi oldida kaltaklaganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Denov tumanida hamshira farzandi ko‘z o‘ngida kaltaklangani bilan bog‘liq videolavha yuzasidan Surxondaryo viloyat prokuraturasi rasmiy izoh berdi.

Aniqlanishicha, 2022-yil 18-oktyabr kuni soat 10:30 larda Denov tumani Sil kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. o‘ziga tanish bo‘lgan S.Q. hamda S.T. bilan oldindan ziddiyati bo‘lganligi sababli o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida D.I. kaltaklanib, unga yengil tan jarohati yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, joriy yilning 23 oktyabr kuni S.Q. va S.T.ga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov harakatlarining borishi tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: farzandi, jinoiy, kaltaklaganlarga, qo‘zg‘atildi, Hamshirani, Ish, Oldida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя