Главная » 2022 » Сентябрь » 21 » Green Card natijalari bo‘yicha O‘zbekiston dastlabki uchlikdan joy oldi
19:37

Green Card natijalari bo‘yicha O‘zbekiston dastlabki uchlikdan joy oldi


O‘zbekiston Green Cardni eng ko‘p olgan davlatlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi maʼlum qildi. 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu yil eng ko‘p g‘olib bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida birinchilikni Misr egallagan (5 529). Ikkinchi o‘rinda Jazoir 5 526 g‘olib bilan peshqadamlik qilgan. O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egallagan (5 511). 

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Eron (5 506) , Ukraina (3 808), Armaniston (3 525) va Turkiya (3 383) bormoqda. 

Ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlaridan ham ko‘p sonli fuqarolar g‘olib bo‘lganligi keltirilgan. Unga ko‘ra,  Qozog‘iston (1 978), Qirg‘iziston (2 846), Tojikiston (2 485), Turkmaniston (555).

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Bayden o‘yinda ishtirok etuvchi g‘oliblar sonini endilikda 80 000 taga yetkazish istagi borligini maʼlum qilgan edi.

Maʼlumot o‘rnida, Green Card lotoreyasi AQShda chet el fuqarolariga yashash va ishlash imkonini beruvchi maxsus loyihadir. Ushbu dastur 1990 - yildagi Immigratsiya qonuni asosida tashkil etilgan va hozirda “Immigratsiya va fuqarolik to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilangan qoidalar asosida olib boriladi.

Davlat departamenti lotereya o‘tkazish uchun javobgar hisoblanadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘zbekiston, Joy, dastlabki, green, card, natijalari, uchlikdan, bo‘yicha, oldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя