Главная » 2018 » Апрель » 9 » Gollivud: malayziyalik aktrisa Islomga zid rolni ijro etishdan bosh tortdi
20:44

Gollivud: malayziyalik aktrisa Islomga zid rolni ijro etishdan bosh tortdi


Malayziyalik aktrisa Raja Ilya AQShning Marvel kinostudiyasi taklif etgan rolni o‘ynashdan bosh tortganini bildirdi, deb yozadi “Islom.uz”.

Ilya o‘z qarorini filmdagi ayrim epizodlar islomiy qadriyatlarga zid ekani bilan izohladi. U ssenariy tafsilotlari haqida gapirmadi.

Raja Ilya Gollivud kinostudiyalarida rol o‘ynash imkoniyatidan mahrum bo‘lishi ehtimoli borligiga qaramay, o‘z mamlakatining obro‘siga putur yetkazishni xohlamaganini ta’kidladi.

Themalaymailonline nashriga ko‘ra, 32 yashar aktrisa ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining tanqidlariga e’tibor qaratmasligini bildirgan.

Firdavs BEK


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: malayziyalik, Gollivud, zid, ijro etish, bosh tortdi, rolni, Islomga, Aktrisa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя