Главная » 2021 » Январь » 10 » Go‘shtning foydali va zararli turlari
16:08

Go‘shtning foydali va zararli turlari


Go‘shtni salomatlik uchun foydali deb bo‘lmaydi, ammo bu undan butkul voz kechish kerakligini bildirmaydi. Go‘sht oqsil, B 12 va temir moddasining koni hisoblanadi. Organizmda muammo kuzatilmasligi uchun to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish kerak. Shifokorlar likopchaning to‘rtdan bir qismida go‘sht, qolganida sabzavotlar, dukkakli hamda o‘simlik mahsulotlari bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.

Foydali:

Yog‘siz

Parhezshunoslarining fikricha, taomni yog‘siz go‘shtdan tayyorlash kerak. Do‘kondan tarkibida yog‘ 10 gr ko‘p bo‘lmagan go‘sht xarid qilish kerak. Ovqat pishirish jarayonida esa undagi yog‘li bo‘lakni kesib olib tashlash zarur.

Kurka go‘shti

Kurka go‘shtida yurak, hazm jarayoni, miya faoliyati umuman organizm uchun kerakli bo‘lgan barcha moddalar mavjud. Kurkaning soni boshqa qismlariga nisbatan yog‘li bo‘lishiga qaramay, foydali va temir moddasining koni sanaladi.

Tovuq go‘shti

Tadqiqotlarda tovuq go‘shti vaznni me’yorda bo‘lishi va kishi o‘zini yaxshi his qilishida muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Oq tovuq go‘shti fosfor va riboflavinning, qizili esa rux moddasining koni.

Yog‘siz mol go‘shti

Mol go‘shti oqsil va ozuqa moddalarining manbayi. Agar uning tabiiysini tanlansa, antioksidant va E vitamining koni hamdir. Ammo ko‘mirda pishirilgan go‘shtni iste’mol qilmagan yaxshi. Chunki bu saraton xavfini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Zararli:

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

Sosiska, kolbasa singari qayta ishlangan go‘sht mahsulotlaridan voz kechish, hech bo‘lmasa tiyilishni bilish kerak. Tadqiqotlarda natriy va to‘yingan yog‘larga boy bo‘lgan ushbu mahsulotlarning yo‘g‘on ichak saratonini keltirib chiqarishi ma’lum bo‘lgan. Katta miqdordagi natriy yurak kasalliklari, qandli diabet va insult xavfini ko‘paytiradi.

Yog‘li go‘sht

Yog‘li go‘sht xolesterin miqdorini oshirib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini rivojlantiradi. Tovuq go‘shtining terisi va boldiri hamda restoranlardagi steyklar ham yog‘li hisoblanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: go‘shtning, zararli, foydali | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя