Главная » 2018 » Август » 29 » GM Uzbekistan endi elektron navbat bo‘yicha shartnomaga qo‘yilgan avtomobillar ro‘yxatini taqdim etadi
08:39

GM Uzbekistan endi elektron navbat bo‘yicha shartnomaga qo‘yilgan avtomobillar ro‘yxatini taqdim etadi


"GM UZBEKISTAN" AJ o‘z xardorlarining ishonchini oshirish maqsadida taqdim etilayotgan xizmatlarini takomillashtirib borishda davom etadi.

Shunday qilib, endilikda kompaniya avtomobil savdo tizimida shaffoflikni ta’minlash hamda mijozning ishonchini oshirish maqsadida kompaniya rasmiy saytida yangi bo‘lim ishga tushganini ma’lum qiladi. Uning yordamida xaridorlar avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan arizalar (elektron navbat) bo‘yicha shartnoma tuzish uchun taqdim etilayotgan avtomobillar ro‘yxati bilan tanishib borishlari mumkin.

Yangi bo‘limga quyidagi havola http://gmuzbekistan.uz/raspredelenie_kontraktatsii... orqali o‘tish va unda bugun elektron navbat asosida shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan 12 mingdan ortiq barcha rusumdagi avtomobillar ro‘yxati bilan tanishishlari mumkin. Avval ro‘yxatdan o‘tgan arizalar bo‘yicha shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati tegishli sananing soat 9:00 gacha amal qilib, kunlik asosda shartnomalar tuzilishiga qarab yangilanib boriladi.

Kompaniya taklif etayotgan mazkur xizmat xaridorga o‘z navbatining o‘zgarish jadalligni kuzatish imkonini beradi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: GM Uzbekistan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя