Главная » 2022 » Август » 12 » Germaniyaning sobiq kansleri mamlakat parlamentini sudga berdi
17:53

Germaniyaning sobiq kansleri mamlakat parlamentini sudga berdi


Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shreder sobiq hukumat rahbariga berilgan maxsus imtiyozlarni qaytarish uchun Bundestagni sudga berdi. Bu haqda dpa nashri xabar bermoqda.

“Germaniya sobiq kansleri Shreder mamlakat parlamentini sudga berib, may oyida o‘zi mahrum qilingan maxsus imtiyozlarni tiklash uchun ariza berdi”, deyiladi xabarda.

Bundestag Budjet qo‘mitasi avvalroq siyosatchini ofisdan mahrum qilgan, biroq sobiq hukumat rahbari sifatida unga kafolatlangan pensiya va xavfsizlikni saqlab qolgandi.

Ushbu qarorning rasmiy sababi shundaki, u Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng ham rus kompaniyalarida faoliyatini davom ettirgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mamlakat, berdi, parlamentini, sudga, kansleri, Germaniyaning, sobiq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя