Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Germaniyadan so‘ng JChni tomosha qilmayman, ammo Fransiya… – Kimmix
17:56

Germaniyadan so‘ng JChni tomosha qilmayman, ammo Fransiya… – Kimmix


Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yosua Kimmix Germaniyaning Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi. Futbolchi nemislarni musoqadan chiqib ketganidan so‘ng JChning qolgan o‘yinlarini tomosha qilmasligini aytdi.

“Germaniya ketganidan so‘ng jahon chempionatini tomosha qilmayman. Fransiya ishtirokidagi o‘yinlar bundan mustasno. Agar jamoa hal qiluvchi bosqichlarga o‘tsa, men “Bavariya”dagi sheriklarimni qo‘llab quvvatlayman”, deydi yarim himoyachi Kosta-Rikaga qarshi bahsdan so‘ng.

Avvalroq, JChdagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlik Kimmixda kuchli tushkun kayfiyat olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Ma’lumot uchun, Germaniya ketma-ket ikki marta JChning guruh bosqichida qolib ketmoqda.

Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: JChni, Ammo, Kimmix, qilmayman, Tomosha, Germaniyadan, so‘ng, Fransiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя