Главная » 2022 » Октябрь » 31 » Gari Nevill: “4-5 hafta oldin MYUni TOP-4ʼlik uchun daʼvogar deb boʻlmasdi”
12:00

Gari Nevill: “4-5 hafta oldin MYUni TOP-4ʼlik uchun daʼvogar deb boʻlmasdi”


“Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi “qizil iblislar”ning hozirgi formasi haqida gapirdi.

“Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi, hozirda Britaniya televideniyesi eksperti Gari Nevill APLning 14-turida “Vest Xem Yunayted”ni 1:0 hisobida magʻlub etgan “qizil iblislar”ning hozirgi formasi haqida gapirdi.

“Manchester Yunayted” mavsum oxirida qayerda yakunlanishi mumkin? Oʻylaymanki, endi ularda kuchli toʻrtlikka kirish uchun ajoyib imkoniyat bor.

“Chelsi”, “Liverpul” va “Tottenhem”da “Yunayted” ularni magʻlub eta olishini his qilish uchun yetarlicha qiyinchiliklar mavjud.

Toʻrt-besh hafta oldin esa men bunday deb oʻylamagan boʻlardim”, – deydi Nevill.

Eslatib oʻtish mumkin, 14-turdan soʻng “Manchester Yunayted” 23 ochko jamgʻarib, Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi oʻrinda bormoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: top, Nevill, 4-5, deb, 4ʼlik, Gari, oldin, boʻlmasdi, MYUni, uchun, daʼvogar, hafta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz