Главная » 2017 » Май » 3 » FVV O‘zbekistonda yuz bergan zilzila yuzasidan axborot berdi
15:44

FVV O‘zbekistonda yuz bergan zilzila yuzasidan axborot berdi


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun, 3 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilgan zilzila yuzasidan axborot berdi. Axborotda ma’lum qilinishicha, zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmagan.

«Toshkent» seysmostansiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 3 may kuni soat 09:47da Respublikamizning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Zilzilaning episentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Episentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=6,0 ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada 4,5 ball, Andijonda 4 ball, Toshkentda 3,5 4 ballni tashkil etgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: zilzila, O‘zbekiston, axborot berdi, yuzasidan, yuz bergan, Fvv | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя