Главная » 2022 » Ноябрь » 24 » Fernandu Santush: “Bizda g‘alaba uchun kurashishga hamma narsa yetarli”
15:40

Fernandu Santush: “Bizda g‘alaba uchun kurashishga hamma narsa yetarli”


Murabbiy Portugaliya termasining JCh-2022da g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

“Bu bizning orzuimiz va maqsadimiz. Bizda g‘alaba uchun kurashishga hamma narsa bor. Biz nima qilmoqchi ekanligimiz hammaga ma’lum. Bu takabburlik emas, faqat jamoamiz sifatiga, shuningdek, bajarilgan ishlarga ishonch”.

- Gana bilan o‘yinda Portugaliya qanday formada bo‘ladi?

- “Jamoa dinamik va ijodiy harakat qilishiga shubha qilmayman. Turnirdan turnirga, mavjud o‘yinchilarning xususiyatlari o‘zgaradi. 1989- va 1991-yillardagi turnirning eng yaxshi jamoasi haqida bu so‘zlarning barchasini eshitganman (o‘shanda Portugaliya U-20 Jahon chempionatida g‘olib chiqqan, bu jamoa “oltin avlod” deb atalgan) ...

Men xotirjam uxlayman, chunki hamma narsa yaxshi holatda. Futbolchilarga ishonaman. Endi ular o‘zlarini qulay his qilishlari, yaxshi o‘yin o‘tkazishlari va g‘alaba qozonishlari menga bog‘liq”, - dedi Portugaliya terma jamoasi ustozi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, bugun Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati ilk turida Gana termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 21:00 da start oladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: narsa, g‘alaba, Fernandu, yetarli, Bizda, uchun, kurashishga, Santush, hamma | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя