Главная » 2022 » Ноябрь » 11 » Fargʻonalik professional futbolchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi
12:33

Fargʻonalik professional futbolchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi


Professional futbol klubi aʼzosi hamkasbining bank kartasidagi pullarini oʻzlashtirdi.

Professional futbol klubi futbolchilari Jizzax viloyatida 1993 y.t., Q.B va Surxondaryo viloyatida 1994 y.t., A.S. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs bank kartalaridagi umumiy 18.341.250 soʻm pullarini yechib olinganligini bildirishgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni oʻzlashtirgan shaxs futbol klub jamoasi aʼzosi Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida yashovchi 2004 y.t., M.M. ekanligi aniqlangan.

M.M. ushbu jinoyatni jamoa mashgʻulotlar oʻtkazgan vaqtda futbolchilar buyumlari qoldirilganligidan foydalanib telefon qurilmalaridan bank kartasi ulangan sim-kartalarni oʻzining qurilmasiga oʻtkazib, SMS-xabarnomalarni qoʻlga kiritish yoʻli bilan amalga oshirganligi maʼlum boʻldi.

M.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Fargʻonalik professional futbolchig | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя