Главная » 2022 » Октябрь » 26 » Farg‘onada noto‘g‘ri “ukol” qilgan hamshiralar sudlandi.
16:32

Farg‘onada noto‘g‘ri “ukol” qilgan hamshiralar sudlandi.


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasida ko‘rsatilgan noto‘g‘ri tibbiy yordam natijasida ikki nafar bolaning oyoqlari ishlamay qolgan.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 18-aprel kuni shifoxona hamshirasi Sultonova shifokor tomonidan tavsiya etilgan «Donat» nomli antibiotikni, voyaga yetmagan bemorning yonbosh sohasiga noto‘g‘ri in’eksiya qilishi oqibatida uning oyog‘ida qattiq og‘riq kuzatilib, ishlamay qolgan.

Shuningdek, joriy yilning 3-iyulida esa shifoxona hamshirasi Qayumova shifokor tomonidan tavsiya qilingan «No-Shpa» va «Dimedrol» dorilarini voyaga yetmagan bemorning o‘ng yonbosh sohasiga noto‘g‘ri in’eksiya qilgan. Natijada bolada ham yuqoridagidek holatlar kuzatilgan.

Tibbiy ekspertizalar orqali, bolalarda kuzatilgan holatlar noto‘g‘ri in’eksiya natijasida yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.

Tomonlarning o‘zaro kelishganligi va moddiy zararlar qoplangani inobatga olingan va jinoyat ishi tugatilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hamshiralar, noto‘g‘ri, Farg‘onada, ukol, qilgan, sudlandi. | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя