Главная » 2022 » Ноябрь » 7 » Farg‘onada IIB xodimlari mast fuqaroni "dubinka" bilan kaltaklab olib ketishdi
18:22

Farg‘onada IIB xodimlari mast fuqaroni "dubinka" bilan kaltaklab olib ketishdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada IIB xodimi fuqaroni kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4-noyabr kuni Quva tumani IIB profilaktika inspektorlari M.T va S.J. lar “Pastki Xo‘ja Xasan” MFY hududida fuqaro O.Y. ni mast holatda jamoat tartibini buzayotganini ko‘rgan. Ular uning shaxsiga oydinlik kiritish va mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvga olib borishmoqchi bo‘lgan. Biroq fuqaro O.Y IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan.
 

Xodimlar “Ichki ishlar to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi hamda Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘q otar qurolni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” gi 55-sonli buyrug‘i talablaridan kelib chiqib, huquqbuzarlik holatini bartaraf etish uchun O.Y.ga nisbatan maxsus vosita – rezina tayoqdan foydalangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat shu kunning o‘zida tegishli tartibda ro‘yhatga olingan. O.Y. ning xatti-harakatlari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Fuqaro O.Y bilan suhbat olib borilganda haqiqatdan ham u o‘sha kuni o‘ta mast holatda bo‘lganini hamda xodimlarga nisbatan qilgan xatti- harakatlaridan afsusda ekanini aytib o‘tgan.

Hozirda profilaktika inspektorlari M.T va S.J. larning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fuqaroni, IIB, kaltaklab, Farg‘onada, dubinka, olib, bilan, xodimlari, Mast, ketishdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя