Главная » 2020 » Сентябрь » 19 » Eron Prezidenti ham Mirziyoyevning yo‘lini tutdi
18:08

Eron Prezidenti ham Mirziyoyevning yo‘lini tutdi


Eronda koronavirus bilan bog‘liq holatlar kun sayin ortib bormoqda. Aholi karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ygan. Ushbu masala yuzasidan mamlakat Prezidenti Hasan Ruhoniy xavotirini bildirdi. Hasan Ruhoniy Tehronda o‘tgan Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha milliy qo‘mita yig‘ilishi o‘z tashvishini bildirdi. 

“Aholida koronavirus infeksiyasini nazorat qilish choralariga rioya qilish darajasi o‘tgan haftada 82 foizdan 62 foizgacha tushib ketdi. Bu juda qo‘rqinchli holat. Agar Eron aholisi sanitariya-gigiyena talablarini bajarishni to‘xtatsa, jiddiy muammolarga duch kelishadi”, deydi Prezident.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholisi ehtiyot choralarini ko‘rmagan hududlarda yaqin haftalarda kasallanish ko‘rsatkichi oshib ketish xavfi bor. 

Ruhoniy vatandoshlarga, hatto vaksina topilgan taqdirda ham ehtiyot choralariga o‘amal qilishni tavsiya qildi.  

“Biz vaksinaning qanchalik samarali bo‘lishini, ta’sirchanligi va qancha vaqt himoya qobig‘ini yarata olishini bilmaymiz. Shu sababli, barcha sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish juda muhim. Jumladan niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘l yuvish va dezinfeksiya qilish. Shuningdek, sayohatga chiqishdan tiyilish kerak. Vaksina bilan ham biz eski turmush tarzimizga qaytolmaymiz”, deydi Prezident.

Ayni vaqtda barcha mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jumladan, O‘zbekiston ham. Kecha, 18 sentyabr kuni o‘tgan videoselektorda Prezident Mirziyoyev ham vaksinaga ishonib qolmaslikka to'xtalgandi. 

“Dunyoda bo‘layotgan voqealarga qarab, bunga yengil qaramasligimiz kerak. Vaksina bu koronavirus tugadi yoki biz shu bilan yutdik, muammoimiz hal bo‘ladi degani emas. Shuni hamma bilishi kerak. Havo haroratining salgina pasayganiga shamollash ham, chaqiruv ham ko‘paydi. Dori-darmon, mablag‘ zaxiralarini saranjom qilish lozim. Xalqimizning oldida juda katta mas’usiyatimiz va javobgarligimiz bor. Buni barcha bilishi kerak”, deydi Prezident


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Prezidenti, yo‘lini tutdi, Eron, Mirziyoyevning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя