Главная » 2022 » Август » 12 » Ellikqalʼada YPX avtomobili bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi
11:06

Ellikqalʼada YPX avtomobili bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi


Qoraqalpog‘istonning Ellikqalʼa tumanida Lacetti va YPX avtomobili bo‘lgan Nexia 3 o‘zaro to‘qnashdi. Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan birinchi mashina haydovchisi vafot etgan.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Ellikqalʼa tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan maʼlumot berdi.

10 avgust kuni soat 10:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumani hududidan o‘tuvchi 4H-155 «Bo‘ston-Sarabiy” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida ikki avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, uning ishtirokchilaridan biri yo‘l-patrul xizmati avtomobili bo‘lgan.

Maʼlum qilinishicha, Lacetti haydovchisi, 1977 yilda tug‘ilgan Z.YU (u avtotransport boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan ehtiyotsizlik oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va YPX xodimi, 1981 yilda tug‘ilgan N.A.ga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida Lacetti haydovchisi Z.YU olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, YPX xodimi N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Ellikqalʼa tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ellikqalʼada, vafot, etdi, haydovchisi, to‘qnashgan, lacetti, YPX, bilan, avtomobili | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя