Главная » 2022 » Октябрь » 27 » Elektron sigaretalar yurakni to‘xtatib qo‘yishi mumkin
18:03

Elektron sigaretalar yurakni to‘xtatib qo‘yishi mumkin


Luisvil universiteti olimlari elektron sigaretlardan foydalanish insonning yurak-qon tomir tizimiga qanday ta’sir qilishini tasvirlab berishdi .

Mutaxassislar eng mashhur elektron suyuqliklarni o‘rganishdi. Ular nikotinsiz propilen glikol va o‘simlik glitserini yoki nikotinli xushbo‘y elektron suyuqlikdir. Tajriba davomida tadqiqotchilar barcha turdagi aerozollarni nafas olayotganda eksperimental hayvonlarda yurak urish tezligi puflash vaqtida sekinlashganini, keyin esa yurak urish tezligining o‘zgaruvchanligining pasayishi bilan birga tezlashganini payqashdi. Bundan tashqari, mentol aromali suyuqliklar yoki faqat propilen glikolli suyuqliklar qorincha aritmiyalariga va boshqa yurak anormalliklariga sabab bo‘lgan.

Olimlar elektron sigaretaning yurak tezligini beqarorlashtirishga olib kelishi mumkin degan xulosaga kelishdi. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: qo‘yishi, to‘xtatib, mumkin, sigaretalar, Yurakni, Elektron | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя