Главная » 2021 » Апрель » 25 » DXX tibbiyot xodimini jinoyat ustida ushladi
11:24

DXX tibbiyot xodimini jinoyat ustida ushladi


2021-yil 21-aprel kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlovchi 33 yoshli U.Muhayyo o‘zining xizmat mavqeidan foydalangan holda tanishi 38 yoshli S.Shahnozani «Tez tibbiy yordam»ga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ish joyida S.Shahnozadan 600 AQSh dollar pul mablag‘larini olayotgan vaqtida JQB va DXX xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida U.Muhayyodan kimyoviy ishlov berilgan 600 AQSh dollar pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.Muhayyoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (Firibgarlik, ya’ni xizmat mavqeidan foydalanib o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ustida, jinoyat, xodimini, DXX, Tibbiyot, ushladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя