Главная » 2022 » Август » 5 » Dunyoning eng kuchli UFC jangchilari reytingi yangilandi
16:01

Dunyoning eng kuchli UFC jangchilari reytingi yangilandi


UFC (Ultimate Fighting Championship) vazn toifasidan qatʼiy nazar (pound for pound) eng kuchli jangchilarning reytingini eʼlon qildi. Bu haqda promoushenning rasmiy saytida xabar berildi.

Ushbu reytingda UFC'ning yarim og‘ir vazn toifasida mutloq dominant chempion Kamaru Usman yetakchilik qilmoqda.

Kuchli uchlikka Aleksandr Volkanovski va Israel Adesanya yakun yasab bergan. Shuningdek, yengil vazn toifasining yetakchilaridan biri Brendon Moreno ushbu reytingga birinchi marotaba kiritilganini eʼtirof etish kerak. Meksikalik jangchiga 14-pog‘ona nasib etgan.

O‘zbekistonlik muxlislar orasida mashhurlikka erishgan Islom Maxachev hozircha ushbu reytingdan joy olmagan. Ammo uning bo‘lajak raqibi braziliyalik Charlz Oliveyra 4-o‘rinda qayd etilgan.

Vazn toifasidan qatʼiy nazar dunyoning eng kuchli UFC jangchilari bilan tanishing:

1. Kamaru Usman 

2.  Aleksandr Volkanovski,

3.  Israel Adesanya,

4.  Charlz Oliveyra,

5.  Frensis Ngannu,

6.  Aljemeyn Sterling,

7.  Dastin Pore,

8.  Deyveson Figeredo,

9.  Irji Proxazka,

10.  Maks Xollouey,

11.  Jon Jons,

12.  Stipe Miochich,

13.  Petr Yan,

14.  Brendon Moreno,

15.  Robert Uittaker.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: kuchli, Dunyoning, ufc, jangchilari, eng, yangilandi, reytingi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя