Главная » 2021 » Октябрь » 27 » Diyetolog nonushta uchun eng yaxshi taomni aytdi
08:01

Diyetolog nonushta uchun eng yaxshi taomni aytdi


Amerikalik diyetolog Loren Manaker to‘yimli va sog‘lom nonushta uchun eng yaxshi mahsulotni ma’lum qildi. Bu haqda Eat This, Not That! nashri yozmoqda.

Ekspertning fikricha, nonushtaga ideal taom tuxum hisoblanadi. Uning kaloriyasi ko‘p emas, qand va uglevodlar esa yo‘q. Lekin oqsil, foydali yog‘ va oziqlantiruvchi moddalarga boy bo‘lib, ular odamni uzoq vaqt to‘q saqlaydi. Manaker kunni qovurilgan sabzavot, pishloq va ikkita tuxumdan tayyorlangan omlet bilan boshlashni maqbul ko‘radi.

Diyetolog 2020-yilda avstraliyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot haqida so‘zlab berdi. Uning ishtirokchilari ortiqcha vaznga ega bo‘lib, ikki guruhga bo‘linishgan. Birinchi guruh tuxum va qovurilgan non bilan nonushta qilgan, ikkinchisi esa sutli yormalar va apelsin sharbati bilan ovqatlanishgan. Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt soatdan keyin ikkinchi guruhdagi odamlar kuchli ochlikni boshdan kechirishgan va tushlikda birinchi guruhga qaraganda 300 kilokaloriya ko‘proq taom tanovul qilishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Diyetolog, taomni, Nonushta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя