Главная » 2021 » Август » 29 » Diyetolog bananning foyda va zarari haqida to‘xtaldi
00:00

Diyetolog bananning foyda va zarari haqida to‘xtaldi


Rossiyalik diyetolog Mixail Ginzburg «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida bananlarning foydasi va zarari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, banan boshqa mevalardan ko‘ra foydaliroq emas, lekin ancha kaloriyali.

«100 gramm banan tarkibida chamasi 70-80 kaloriya bor. Taqqoslash uchun, 100 gramm olmada 56 kaloriya, apelsinda esa 50-52 kaloriya mavjud», — deydi ekspert.

Ginzburgning so‘zlariga ko‘ra, banan uyqusizlikni yengishga yordam beradi, degan da’vo ancha munozarali. Uning ta’kidlashicha, serotonin, melatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi ozuqalar bor.

«Menimcha, uyqusizlik ikkinchi darajali masala. Deylik, kimningdir to‘lanmagan qarzi yoki oilaviy muammosi bo‘lsa, banan unga yordam berishi dargumon», — dedi u.

Bananning asosiy foydasi erimaydigan oziq tolasi tarkibidagi sellyuloza va kletchatka hisoblanadi, deydi diyetolog. Ular qondagi qand miqdorini tartibga solishga, shuningdek, ichakning me’yorda ishlashiga yordam beradi.

Shunday bo‘lsa-da, Ginzburgning ta’kidlashicha, banan har qanday kasalliklarni davolovchi vosita hisoblanmaydi. Chunki undagi to‘qimalar barcha meva-sabzavotlarda uchraydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: foyda, bananning, zarari, Diyetolog | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя