Di Kaprio omadli muxlisi bilan bor-yo‘g‘i 5 funt evaziga tushlik qiladi

17-noyabr kuni amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio Shotlandiyada joylashgan uysizlarga ko‘mak beruvchi qahvaxonaga tashrif buyuradi va u yerda muxlislaridan biri bilan tushlik qiladi. Bu haqda, Metro nashriga asoslanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Di Kaprio bilan birga tushlik qiladigan omadli inson lotereya orqali tanlanadi. O‘yinda ishtirok etish uchun ushbu qahvaxonada boshpanasiz inson uchun ovqat va ichimlik sotib olish talab etiladi. Buning uchun o‘rtacha 5 funt sterling talab etiladi. Shundan so‘ng muxlis maxsus saytda ro‘yxatdan o‘tadi — lotereya aynan saytda o‘tkaziladi.

Uchrashuvdan tashqari, g‘olibning mehmonxona, Shotlandiya bo‘ylab sayohat, ming funt sterling turuvchi shampan vinosi hamda savdo markazidagi xarid xarajatlari qoplanadi.


Manba: "daryo.uz"

Qo'shildi: 27.10.2016

Новые загрузки
 Yengilmas sarkardalar 2006 Uzbekcha Tarjima
 Uchlik 2016 Hind kino Uzbekcha Tarjima
 Tomosha 2015 Hind kino Uzbekcha Tarjima
Реклама
Похожие материалы
Коментарии
Новые музыки
Навигация
 Главная
 Обратная связь
 Полная версия сайта
Tarona.Tv © 2016-2024 |