Главная » 2020 » Октябрь » 23 » Devid Bekxem qiziga nisbatan qilgan ishi bilan hammani “shokka” tushirdi (foto)
08:43

Devid Bekxem qiziga nisbatan qilgan ishi bilan hammani “shokka” tushirdi (foto)


Devid Bekxem qizi Xarperning lablaridan o‘payotgani tasvirlangan surat tarqalgach, muxlislar orasida bo‘linish yuzaga keldi.

Ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lgan rasmni Instagramdagi sahifasida oilaning 46 yoshli bekasi, sobiq “Spice Girl” vakilasi Viktoriya Bekxem joylashtirdi.

Suratlarda 45 yoshli futbolchi Xarper bilan ajoyib vaqt o‘tkazgani, qishloqda meva-sabzavot yig‘ayotgani aks etgan.

Boshqa rasmlar muxlislarga juda yoqqan, ammo otaning qizining labidan o‘payotgani tasvirlangan surat bahslarga sabab bo‘lgan.

Yulduzni kuzatib boruvchilardan biri "Men oilamni yaxshi ko‘raman, lekin ota-onalarning nima uchun farzandlarining lablaridan o‘pishini hech qachon tushunmaganman!", deya yozgan.

Boshqa bir muxlis esa “Nega uning lablaridan o‘pyapti?” deya savol bergan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Devid Bekxem, tushirdi, qiziga, (Foto), shokka, nisbatan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя