Главная » 2021 » Февраль » 19 » Dam olish kunlarida havo sovib, qor yog‘ishi mumkin
19:30

Dam olish kunlarida havo sovib, qor yog‘ishi mumkin


Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati kechalari 2-7° iliqgacha, kunduz kunlari 8-13° iliqgacha pasayadi.

Ushbu haftada mamlakatimizning barcha hududlarida havo harorati fevral oyining ikkinchi yarmi uchun me’yoriy qiymatlaridan 13-17° ga yuqori bo‘lgan juda iliq bahoriy ob-havo kuzatildi. 16 fevraldan 18 fevralgacha bo‘lgan davrda maksimal harorat ba’zi joylarda shu kunlarning ko‘p yillik rekordidan oshdi.

Kecha kunduz kuni havo 25-28° gacha, janubda 30-32° gacha isidi. Bu meteorologik kuzatuvlarning butun davri davomida 18-fevral kuni uchun eng yuqori harorat qiymatlaridir.

Bugun ob-havo o‘zgara boshladi, osmonni zich bulutlar qopladi, shimoli-g‘arbiy hududlarda qorga aylanadigan yomg‘irlar boshlandi. Ob-havo o‘zgarishiga bugun mamlakatimizga Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan sovuq va nam antitsiklon sababchidir.

Kun davomida respublikaning barcha hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir, shimolda qor yog‘adi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliq atrofida bo‘ladi, shimolda 0-5° iliqdan oshmaydi.

Dam olish kunlarida antitsiklon ta’siri saqlanib turadi, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 2-7° iliqgacha, kunduz kunlari 8-13° iliqgacha pasayadi. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yorga yaqinlashadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yog‘ishi, havo, sovib, qor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя