Главная » 2022 » Август » 2 » “Chorvoq oromgohi” 208 mlrdga sotildi
11:04

“Chorvoq oromgohi” 208 mlrdga sotildi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskani 208,0 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Chorvoq oromgohi” dam olish maskani bo‘yicha 208,0 mlrd so‘m bo‘lgan xarid to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida “Vip Logistics” MCHJ QK tomonidan taqdim etilgan takliflar eng yaxshi taklif sifatida eʼtirof etilib, savdo g‘olibi deb topildi”, deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, mazkur, ommaviy savdolarda 4 nafar talabgorlardan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar kelib tushgan bo‘lib, “Vip Logistics” MCHJ QK tomonidan eng yuqori narx taklifi berilgan.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat ryestriga ko‘ra, avtomobilda yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi VIP Logistics kompaniyasi 2011 yilda Toshkentda ro‘yxatga olingan. MChJning ustav fondi 2 mln 694,9 ming dollarni tashkil etadi.

Kompaniya hissadorlari orasida “HARVEST INDUSTRIES L.P.” (93,00 %), Shokirov Jamshid Abdug‘afforovich (5,10 %) va Shokirov Abdug‘affor Shokirovich (1,90 %) bor.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mlrdga, 208, sotildi, oromgohi”, “Chorvoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя