Главная » 2022 » Ноябрь » 30 » Chaqiruv bo‘yicha voqea joyiga borgan profilaktika inspektori o‘ldirildi
12:30

Chaqiruv bo‘yicha voqea joyiga borgan profilaktika inspektori o‘ldirildi


Toshkentda shahrida chaqiruv bo‘yicha voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori o‘ldirib ketildi. Bu haqda poytaxt IIBB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 30-noyabr kuni soat 00:50 atrofida Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori, katta leytenant N.Bobomurotov, tumanning “Gʻalaba” mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borib, xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.

N.Bobomurotov voqea joyida vafot etgan. Xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Voqea tafsilotlari to‘liq o‘rganilgandan so‘ng, jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan vaziyatni yoritishda faqat rasmiy manbalardan foydalanishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Voqea, inspektori, borgan, joyiga, bo‘yicha, Chaqiruv, o‘ldirildi, profilaktika | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя