17:54 Buxoroda bir guruh ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Voqea yuzasidan rasmiy izoh berildi | |
Jondor tuman “Romish” MFY hududida joylashgan 660 ta hamda “Oqtepa” MFY hududida joylashgan 653 ta aholi xonadonlarini kafolatlangan yoqilg‘i resurslarlari bilan ta’minlash maqsadida mazkur hududlarda tabiiy gaz ta’minoti tanqisligi kuzatilgani sababli 2016-yil iyul—sentabr oylarida hukumatning tegishli qarorlari va topshiriqlari asosida bosqichma-bosqich suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirish ishlari amalga oshirilgan. 29-noyabr – 3-dekabr kunlari “Jondortumangaz” ta’minoti bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda “Romish” MFY hamda “Oqtepa” MFYga qarashli qishloqlardagi iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. “Hududgaz Buxoro” GTF tomonidan Jondor tuman “Romish” MFY hamda “Oqtepa” MFYlar hududida joylashgan aholi xonadonlari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi” talablariga asosan tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan belgilangan tartibda uzluksiz suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Jondor tuman elektr ta’minoti korxonasining ma’lumotiga ko‘ra, tumandagi “Oqtepa” MFY Oqtepa va Urganjilar qishlog‘ida 2017-yil “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha har ikkala qishloqlarda ham qo‘shimcha 3 donadan yangi 63 va 100 kilovatt quvvatli transformatorlar o‘rnatilib, elektr ta’minoti yaxshilangan. Aholi xonadonlarida elektr ta’minotida hech qanday uzilishlar mavjud emas. Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyulida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida kredit ololmagani bois avtomobil yo‘lini to‘sgan ayollarning to‘rt nafari ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, salkam 15 million so‘mdan jarimaga tortilgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|