Главная » 2022 » Октябрь » 28 » Buxoro va Xorazmda imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi
17:50

Buxoro va Xorazmda imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan ATB “Qishloqqurilishbank” Kogon filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.M.” MCHJ rahbari L.R. yuk avtomashinasi va yuk ko‘targich sotib olish uchun bankning “Kogon bank xizmatlari” ofisidan ajratilgan 650 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali otasi A.R. rahbarligidagi “A.T.” MCHJga o‘tkazishga erishib, kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Shovot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.G.” MCHJ rahbari U.R. rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali hududiy tijorat banki filialidan mebel ishlab chiqarish uchun ajratilgan 460 mln so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Xorazmda, Buxoro, VA, shaxslar, Talon, toroj, imtiyozli, aniqlandi, mablag‘larini, qilgan, kredit | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz