Главная » 2023 » Февраль » 18 » Bugun qayerda qor yog‘ishi kutilmoqda?
13:59

Bugun qayerda qor yog‘ishi kutilmoqda?


Bugun, 18 fevral kuni Surxondaryo va Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qor-yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Respublikaning boshqa hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarga tuman tushadi. 

Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Poytaxt Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bugun, qayerda, yog‘ishi, kutilmoqda, qor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя