Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » Brent narxi bir barreli uchun 48,82 dollarga pasaydi
09:53

Brent narxi bir barreli uchun 48,82 dollarga pasaydi


Londonning ICE birjasida yanvarda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 1,6 foizga pasayib, bir barreli uchun 48,82 dollarni tashkil etdi. Bunday ko‘rsatkich oxirgi bor 28-sentabrda qayd etilgandi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

“Kuzatilayotgan holat — 53 dollardan hozirgi darajagacha tushish OPEKdan dastlabki ko‘ngil sovish natijasidir. Yakuniy bahoni noyabr oxirida berishimiz mumkin”, — deya ta’kidladi “Alfa-foreks” tahliliy departamenti direktori Andrey Dirgin.

Kartel a’zolaridan tashqari Rossiya, Ozarbayjon, Braziliya, Qozog‘iston, Ummon va Meksika qatnashgan OPEK uchrashuvi o‘tgan haftada Venada bo‘lib o‘tdi. Kelgusi shunday uchrashuv 25—26-noyabrga mo‘ljallangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Brent neft, narx, Dollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя