Главная » 2022 » Август » 1 » “Bolonьya” Shomurodov uchun qancha pul taklif qilgani maʼlum boʼldi
11:25

“Bolonьya” Shomurodov uchun qancha pul taklif qilgani maʼlum boʼldi


Oʼzbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini “Bolonya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga koʼra, 27 yoshli futbolchi “Bolonьya”ga oʼtishga yaqin turibdi. Italiya klubi Shomurodovni 9 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olish variantini amalga oshirishni taklif qilmoqda.

Аvvalroq, Eldor Shomurodov “Roma”ning “Tottenxem”ga qarshi uchrashuviga bormagani va u Rim klubini tark etishi mumkinligi aytilgandi. Keyinchalik Eldorga Italiyaning qaysi klublaridan qiziqish borligi ham xabar qilingandi.
 
Maʼlumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro toʼlagan edi. Oʼtgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya А seriyasining 28 oʼyinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali oʼzbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qilgani, qancha, Shomurodov, taklif, Pul, boʼldi, maʼlum, uchun, “Bolonьya” | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя