Главная » 2018 » Май » 24 » Bollivud yulduzlari O‘zbekistonda klip suratga olishmoqda
17:39

Bollivud yulduzlari O‘zbekistonda klip suratga olishmoqda


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston turistik brendini ommalashtirish ustida katta amaliy choralar ko‘rib chiqilmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamkorligida hind yulduzlarining bir nechta videokliplari O‘zbekistonda suratga olish haqidagi masala ko‘rib chiqildi. May oyining birinchi yarmida ARKO PRAVO MUKHERJEE boshchiligida birinchi musiqa guruhining klipi suratga olindi. ARKO – xonanda, bastakor, bir necha xit qo‘shiqlar muallifi. Ushbu musiqa guruhiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zbekkino” MA vakillari hamrohlik qilishdi. Xonandaning qo‘shiqlarini suratga olish jarayonida asosiy operator va maslahatchi vazifasida Shuhrat Qayumov qatnashdi. Hind yulduzining O‘zbekistondagi tashrifi xonandaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida ham yoritildi. Musiqali videokliplar hind telekanallari orqali namoyish etiladi. Loyihaning keyingi mehmonlari MEET BROS guruhi va xonanda hamda aktrisa KANIKA KAPOOR.

Категория: Jahon yulduz | | Теги: O‘zbekiston, suratga olishmoqda, Klip, Bollivud yulduzlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя