Главная » 2022 » Ноябрь » 12 » Bolalar ombudsmani IIB binosida vafot etgan o‘smir voqeasini o‘rgandi
11:42

Bolalar ombudsmani IIB binosida vafot etgan o‘smir voqeasini o‘rgandi


Avvalroq 14 yoshli voyaga yetmagan bola Farg‘ona viloyati IIB muassasasida vafot etgani haqida xabar berligan edi. Joriy yilning 10-noyabr kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova Farg‘ona viloyati Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati hamkorligida Qo‘qon shahridagi IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyatini o‘rgandi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, monitoring davomida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning sog‘lom ovqatlanishi, ta’lim olishi, yotoq joylari, ularning sport bilan shug‘ullanishlari va shu kabi holatlar o‘rganildi.

Bundan tashqari, Bolalar ombudsmani markazda vaqtincha saqlanayotgan bolalar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazib, ularning ijtimoiy ahvoli, markazga kelib tushish sabablarini o‘rgandi.

Monitoring jarayonida ishtirok etgan davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlariga bolalarni tezroq o‘z oilasiga qaytarish, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatgan holda bolalar nazoratsizligining oldini olishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berilgan.

Shuningdek, vakil Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazida joriy yilning 17-oktyabr kuniga qadar saqlangan, Uchko‘prik tumani “Sulton” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan marhum 9-sinf o‘quvchisi A.R.ning xonadonida bo‘lib, bolaning onasi va yaqin qarindoshlariga hamdardlik bildirdi. Vakil bo‘lib o‘tgan voqea nazoratga olingani va bolaning vafotida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan qonuniy jazo berilishini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, markazda monitoring davomida aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf etilishi yuzasidan tegishli vazirlik hamda idoralarga Bola huquqlari bo‘yicha vakilning taklif va tavsiyalari yuboriladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: voqeasini, binosida, etgan, vafot, Bolalar, o‘rgandi, o‘smir, IIB, ombudsmani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя