Главная » 2022 » Ноябрь » 4 » Boks: Osiyo chempionatida bugun Hasanboy Doʻsmatov va yana 4 nafar Oʻzbekiston vakili ringga koʻtariladi
11:20

Boks: Osiyo chempionatida bugun Hasanboy Doʻsmatov va yana 4 nafar Oʻzbekiston vakili ringga koʻtariladi


Ayni kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha bokschimiz Odiljon Aslonov ilk bosqichda koreyalik Park Jin Xunga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida gʻalaba qozondi, afsuski Xadichabonu Abdullayeva ilk bosqichda tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Shuningdek, bugun 5 nafar bokschimiz Osiyo chempionatida ringga koʻtariladi:

-71 kg: Havasbek Asadullayev — Byamba-Yerdene Otgonbaatar (Moʻgʻuliston) (16:50 dan soʻng)

-48 kg: Asilbek Jalilov — Sanjar Tashkenbay (Qozogʻiston) (20:10 dan soʻng)

-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov — Panmot Titisan (Tailand) (21:10 dan soʻng)

-57 kg: Abdumalik Xalakov — Jasim Muhammed (Iroq) (22:20 dan soʻng)

-60 kg: Adhamjon Muhiddinov — Baskon Paul (Filippin) (23:50 dan soʻng)

Janglar boshlanish vaqti taxminan va Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: nafar, Osiyo, Bugun, yana, koʻtariladi, Boks, Oʻzbekiston, Doʻsmatov, VA, Hasanboy, ringga, vakili, chempionatida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя