Главная » 2017 » Июль » 4 » Bokiraligiga kuyov shubha qilgan 18 yoshli kelin o‘z joniga qasd qildi
16:53

Bokiraligiga kuyov shubha qilgan 18 yoshli kelin o‘z joniga qasd qildi


Tergov organlari to‘ydan keyin o‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli Rajabbi Xurshidning o‘limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, debxabar berdi Tengrinews.kz nashri.
 

Jinoyat ishini tergov qilish jarayonida kuyov — Zafar Pirov so‘roq qilindi. Nashrning xabar qilishicha, tojikistonlik Rajabbi Xurshid va Zafar Pirovlar to‘y kuni bir-birini ko‘rgan. Ilk nikoh kechasida esa qizning bokiraligi yuzasidan janjal kelib chiqqan. Rajabbining qarindoshlari qiz to‘ydan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini va genetik ekspertiza hamda sog‘ligi to‘g‘risida ikkita ma’lumotnoma olganligini bildirdi. Tojikistonda kelin-kuyovlar to‘ydan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tib, OIV, gepatit va boshqa jiddiy kasalliklar aniqlangan taqdirda turmush qurish taqiqlanmaydi. Kuyov kelinning bokiraligiga shubha qilib, uni Dushanbe shahriga qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib bordi. Ekspertiza qizning bokiraligini isbotlab bergan bo‘lsa-da, kuyov bundan qanoatlanmadi. Shubha va gumonlar ta’sirida yosh oilaning tinchi buzildi. 22 iyun kuni Rajabbi o‘z joniga qasd qildi. U sirka kislotasini ichdi, shifokorlar qizning hayotini saqlab qololmadi, Rajabbining buyraklari ishlamay qoldi.

Rajabbining onasi Fozila Mirzoyeva qizining o‘z joniga qasd qilishga majbur bo‘lganligini, bunga kuyovi sababchi bo‘lganligini aytdi. “Kuyovim qizimni Dushanbega qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib borganligini eshitib, ularning ortidan bordim. Qizimni qaytarib olib ketaman, dedim. Ammo Zafarning onasi tushunmovchilikka barham berilib, xavotirga o‘rin qolmaganligini aytib, meni xotirjam qilishga urindi”, - dedi u. Rajabbi o‘z joniga qasd qilishdan oldin onasiga eri unga ko‘chaga chiqishini taqiqlaganini aytgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Kelin, Kuyov, bokira, 18 yosh, o‘z joniga qasd qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя