Главная » 2022 » Ноябрь » 4 » “Barselona” Pikening o‘rnini tezroq to‘ldirmoqchi
17:49

“Barselona” Pikening o‘rnini tezroq to‘ldirmoqchi


Kataloniyaliklarda hozircha bitta variant bor.

“Barselona” Xerard Pikening ketishi tufayli Inigo Martinesni yanvar oyida sotib olishi mumkin.

Kecha Pike shanba kungi Almeriyaga qarshi o‘yin uning professional futbolchi sifatidagi oxirgisi bo‘lishini e'lon qildi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Pikening faoliyatini yakunlash qarori tufayli “Barselona” yanvar oyida Bilbaoning “Atletik” klubi himoyachisi Inigo Martines bilan shartnoma imzolashi mumkin, uning klub bilan shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar davom etadi.

Iyul oyida 31 yoshli futbolchi transferga og‘zaki rozilik bergandi. Agar “Atletik” ispaniyalikni yanvar oyida arzonga sotmoqchi bo‘lsa va futbolchining sog‘lig‘ida muammo bo‘lmasa, “Barsa” uni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Martines joriy mavsumda “Atletik” safida La Ligada 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Barselona, o‘rnini, Pikening, to‘ldirmoqchi, tezroq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя