Главная » 2022 » Ноябрь » 9 » “Barselona”ga o‘tishni istagandim – Mesut O‘zil
14:09

“Barselona”ga o‘tishni istagandim – Mesut O‘zil


“Real” Madrid sobiq yarim himoyachisi Mesut O‘zil Madrid klubidan avval “Barselona”ga o‘tishni istagani, ammo Pep Gvardiolaning g‘alati xatti-harakatlari tufayli Katalon klubiga o‘tmaslikka qaror qilganini esladi.

Futbolchining “O‘yin sehri” deb nomlangan biografiyasiga asoslangan kitobda bu haqda yozilgan:
“Avval, men “Barselona”ga o‘tishni juda istagandim. Men bunga ishonch bilan qaror qabul qildim. O‘sha paytlarda men bunday chiroyli futbol ko‘rmagandim.

Ammo, Pep Gvardiolaning o‘sha kuni bazada yo‘qligi shubha olib keldi. Agentim bilan Barselonaga uchib ketayotganimizda, undan bir necha marta murabbiyni qayerda ekanligini va nima uchun Kataloniyada emasligini so‘radim. U haqda doim bir xil javob qaytarardi: “u ta’tilda”!

Gvardiola, keyinchalik menga qo‘ng‘iroq ham qilmadi. Hatto, SMS xabar ham yubormadi. Mening jamoaga kerakligim haqida hech qanday bildirish bermadi. Shundan so‘ng, “Barselona”ga bo‘lgan ishtiyoqim pasayib ketdi.

Gvardiolaning xatti-harakatlari tufayli men “Barselona”ga o‘tishni istamadim. Lekin, ayni paytda Mourinyo men uchun kurashdi. U menga ishonch bildirdi. Samimiyat bilan harakat qildi. U “Barsa” murabbiyiga mutloqo zid edi. Shuning uchun men Joze Mourinyo va “Real” Madridni tanladim”

Mesut O‘zil “Real” Madrid bilan 3 mavsumni o‘tkazdi. Shu mavsumlar oralig‘ida 159 o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urdi va 80 ta assist qayd etdi. Mesut “Qirollik klubi” safida La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘olib bo‘ldi.  

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: o‘tishni, istagandim, Mesut, O‘zil, Barselonaga | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя