15:22 Ayolining murdasini ikki kun “Prado”da olib yurgan erkak haqidagi xabarlar rad etildi | |
Bugun, 29-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda er o‘z ayolini o‘ldirib ikki kun davomida avtomashinasida olib yurgani haqida videolavhalar tarqalib, muhokamalar markazida bo‘ldi. IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. “Mazkur ma’lumotni, ijtimoiy tarmoqlardan o‘laroq hatto rasmiy OAV ham tarqatdi. Bironta jamoatchilik vakili yoki jurnalistlar rasmiylardan voqea tafsiloti yuzasidan izoh so‘ramasdan shov-shuv ko‘tarishga harakat qildi”,— deydi G‘iyosov. Haqiqiy holat qanday bo‘lgan? Qayd etilishicha, joriy yilning 9-iyun kuni Yakkasaroy tumani Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida yashovchi 1987 y.t. J.D. (ayol) erta sahardan kuchli bosh og‘rig‘i hamda to‘xtovsiz qayd qilish oqibatida, turmush o‘rtog‘i X.O. tez yordamga murojaat qilgan. Biroq tibbiyot maskanida ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan ayol shu kuni soat 09.45 vafot etgan. Shundan so‘ng, o‘tkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayolga “Chap tuxumdon kistasi, ichki kon yo‘qotish, tuxumdon va bachadon tashqi homilasi, ichki qon yo‘qotish, ichki a’zolari kam qonligi” tashxisi qo‘yilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda ayol murdasini turmush o‘rtog‘i tomonidan morgdan uyiga qaytarib olib kelgan holati qayd etilgan. Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|