Главная » 2022 » Ноябрь » 2 » Artur Taymazov urushga boradi
12:55

Artur Taymazov urushga boradi


Erkin kurash bo‘yicha 2004 yilgi Olimpiada chempioni, Rossiya Davlat dumasi deputati Artur Taymazov Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqda Wargonzo loyihasining Telegram kanalida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, Taymazovning tanlovi ko‘pchilikni hayratda qoldirgan. Sportchi faoliyatining katta qismini erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida o‘tkazgan. 2004 yilgi Olimpiya o‘yinlaridan tashqari, kurashchi 2008 va 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan, biroq keyinchalik doping-testlarida taqiqlangan moddalar topilgani sababli u ikkita medaldan mahrum qilingan edi.

Maʼlumot uchun, Artur Taymazovning akasi Timur Taymazov Ukraina terma jamoasi tarkibida og‘ir atletika bo‘yicha 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lgan.

Avvalroq, ko‘plab boshqa rus sportchilari ham harbiy operatsiyalarga jalb qilingani maʼlum bo‘lgandi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: urushga, boradi, Taymazov, Artur | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя