Главная » 2022 » Сентябрь » 24 » Arsen Venger: “Bu mavsum chempionlik uchun, “Arsenal”dan boshqa super dominant jamoani koʻrmayapman”
13:25

Arsen Venger: “Bu mavsum chempionlik uchun, “Arsenal”dan boshqa super dominant jamoani koʻrmayapman”


“Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Premer-ligasining mavsumida London klubining gʻalaba qozonish imkoniyatlari haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Men “Arsenal”da bu mavsumda Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritish uchun yaxshi imkoniyat bor, degan boʻlardim, chunki men bundan boshqa super dominant jamoani koʻrmayapman. Bu esa chempionlikni qoʻlga kiritish uchun yaxshi imkoniyat.

Albatta, bu mavsum oʻzgacha, chunki uning oʻrtalarida jahon chempionati boʻlib oʻtadi va bu alohida oʻyinchilar va jamoalarning oʻyiniga qanchalik jiddiy taʼsir qilishini hamma biladi. Ammo umuman olganda, “Arsenal”da yaxshi imkoniyat bor”, – deydi sobiq mutaxassis.

Maʼlumot uchun, London klubi yettita oʻyinda 18 ochko toʻplagan holda 2022/2023-yilgi mavsum turnir jadvalida birinchi oʻrinda bormoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: dominant, Arsenaldan, Arsen, chempionlik, uchun, Venger, bu, mavsum, super, jamoani, koʻrmayapman, boshqa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя