Главная » 2017 » Июль » 28 » AQShda uch yoshli egizaklar o‘z hovlisidagi basseynda cho‘kib ketdi
10:08

AQShda uch yoshli egizaklar o‘z hovlisidagi basseynda cho‘kib ketdi


AQShning Long-Aylend orolida uch yoshli egizaklar onasi uxlayotgan vaqtda o‘zlarining bir oy avval sotib olingan hovlisidagi basseynda cho‘kib ketdi, deb yozadiForum Daily.

Melvillda yashovchi Syu Aurilla ertalab uyg‘onib, uydan o‘z o‘g‘illarini topa olmadi. Bolalar barvaqt uyg‘onib, hovliga chiqib ketgani va ochiq basseynga tushgani onaning xayoliga ham kelmadi.

U derazadan qarab, o‘g‘illaridan birining jasadi suv yuzasida qalqib turganini ko‘rib qoldi, o‘zini tashqariga otib, qutqaruvchilarni chaqirdi va o‘g‘liga sun’iy nafas berishga urindi.

Yetib kelgan politsiyachilar va tez yordam xodimlari basseyn tubidan ikkinchi bolaning jasadini ham chiqarib oldi. Ikkala bola ham og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazildi, ammo ularning hayotini saqlab qolish iloji bo‘lmadi.

Ayolning besh yoshli katta o‘g‘li jabrlanmadi.

Politsiya voqeani baxtsiz hodisa sifatida tekshirmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: uch yoshli egizak, AQSH, cho‘kib ketdi, o‘z hovlisi, basseyn | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя