Главная » 2022 » Ноябрь » 21 » AQSh va Evropa Ittifoqi Xitoydan tovon to'lashni talab qildi
12:23

AQSh va Evropa Ittifoqi Xitoydan tovon to'lashni talab qildi


Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi Xitoydan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun tovon to‘lashni talab qilmoqda. Mazkur talab Misrning Sharm-ash-Shayx kurort shahrida BMTning iqlim bo‘yicha COP27 sammitida maʼlum qilindi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Sammit doirasida 200 ga yaqin davlatdan kelgan muzokarachilar iqlim o‘zgarishidan jabr ko‘rgan qashshoq mamlakatlarga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va AQShning asosiy talabi Xitoy va boshqa “katta ifloslantiruvchi davlatlar”ni jamg‘armaga imkon qadar ko‘proq hissa qo‘shishga majbur qilishdan iborat.

Qayd etilishicha, jamg‘arma faoliyatiga oid tafsilotlar hozircha maʼlum qilinmagan. Ammo bu fond rivojlangan mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari kabi xususiy hamda davlat manbalari hissalari hisobiga tuzilishi aytilmoqda. 

Jamg‘arma birinchi navbatda eng zaif mamlakatlarga yordam berishga qaratilgan bo‘lsa-da, iqlim ofatlaridan jiddiy zarar ko‘rgan o‘rtacha daromadli mamlakatlar ham ko‘mak olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xabarda keltirilishicha, shartnoma tafsilotlari 2023 yilda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan iqlim konferensiyasining asosiy mavzusi bo‘lishi mumkin. Hozirgacha faqat bir nechta davlat katta to‘lov majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: talab, Xitoydan, evropa, qildi, VA, to'lashni, Tovon, ittifoqi, AQSH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя