Главная » 2022 » Ноябрь » 22 » AQSH Turkiyaning Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlariga qarshi chiqdi
15:16

AQSH Turkiyaning Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlariga qarshi chiqdi


Amerika Qo‘shma Shtatlari maʼmuriyati Suriyada keskinlikni pasaytirish zarurligini taʼkidlaydi, shuningdek, Turkiyaning "Panjali qilich" operatsiyasi fonida Iroqda muvofiqlashtirilmagan harbiy harakatlarga qarshi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays kecha, 21 noyabr kuni tarqatgan yozma bayonotida aytiladi. 

"Qo‘shma Shtatlar Suriya va Turkiyada tinch aholi halok bo‘lgani uchun samimiy hamdardlik bildiradi. Biz tinch aholini himoya qilish va ISHID ustidan g‘alaba qozonishdek umumiy maqsadni qo‘llab-quvvatlash uchun Suriyada vaziyatni yumshatishga chaqiramiz. Biz Iroqda bu davlat suverenitetini buzadigan har qanday muvofiqlashtirilmagan harbiy harakatlarga qarshi turishda davom etamiz”, deydi diplomat. 

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 21 noyabr kuni respublika Qurolli kuchlari Suriya va Iroqdagi “Panjali qilich” amaliyotida ikki kun ichida 184 nafar terrorchi zararsizlantirganini maʼlum qildi. Turkiya harbiy-havo kuchlarining “Panjali qilich” operatsiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirildi. Yerdan havo yordami artilleriya tomonidan taʼminlandi. Zarbalar Kirdiston ishchilar partiyasi (KIP) va uning Suriyadagi bo‘linmasi Turkiyada taqiqlangan “Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari”ning bazalariga berilgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Qandil, Asos, Xakurk hududlari bilan bir qatorda Suriya shimolidagi Arap-Pinari, Tell Rifat, Jizre va Derik hududlarida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini maʼlum qildi. 

Turkiya matbuoti xabariga ko‘ra, Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari 21 noyabr kuni Turkiya chegara shaharlari Damashq tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng Suriya hududlariga zarba berishni davom ettirgan.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, harakatlariga, VA, Turkiyaning, Iroqdagi, qarshi, harbiy, chiqdi, Suriya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя