Главная » 2022 » Сентябрь » 27 » Apple iPhone ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chiradi
18:42

Apple iPhone ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga ko‘chiradi


Apple kompaniyasi iPhone 14 smartfonini Hindistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Tahlilchilarning fikricha, bu qaror Pekin va Vashington o‘rtasida keskinlik kuchayib borayotgan bir sharoitda ishlab chiqarishning katta qismini Xitoyda saqlab qolishning siyosiy xavflari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Yangi iPhone 14 ilg‘or yangi texnologiyalar va muhim xavfsizlik imkoniyatlarini taqdim etadi. Biz Hindistonda iPhone 14 ishlab chiqarayotganimizdan xursandmiz”, deyiladi Apple bayonotida.

Qayd etilishicha, Apple yil oxirigacha iPhone 14 ishlab chiqarish quvvatining taxminan besh foizini Hindistonga ko‘chiradi. 2025 yilga borib esa iPhone'larning 25 foizi Hindistonda ishlab chiqariladi.

Maʼlumot o‘rnida, 1976 yilda asos solingan Apple iPhone, iPad, iMac, Macbook va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Korporatsiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. 

Qayd etish kerakki, Hindiston Xitoydan keyin ikkinchi yirik smartfon bozori hisoblanadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Hindistonga, ko‘chiradi, Xitoydan, iPhone, ishlab, Apple, chiqarishni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя