Главная » 2018 » Январь » 9 » Apelsinli Tort
22:34

Apelsinli Tort


Yangi reseptlarni o‘rganamiz!

Zarur masalliqlar: 100 gr. sariyog‘, 90 gr. shakar, 75 gr. shakar, 50 grammdan yong‘oq va bodom tolqoni, 2 donadan apelsin mevasi va tuxum, 2 osh qoshiq un, 1,5 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich.

Tayyorlanishi: 1. Apelsinni aylana shaklda yupqalab to‘g‘rang. Shakarga 30 ml. suv qo‘shib, qaynatishga qo‘ying. Aralashtirib turishni unutmang. Shakar erigach, apelsin bo‘laklarini solasiz-da, 10 daqiqa past olovda qoldirasiz. Aralashtirish mumkin.

2. Xona haroratida yumshatilgan sariyog‘ va shakarni mikser yordamida ko‘pirtirib, tuxum qo‘shing-da, aralashtirishda davom eting.

3. Bodom va yong‘oq tolqonini solib, un va xamiryumshatgichni ham soling. Oxirida smetanani ham solamiz.

4. Pishiriq qog‘ozi joylangan qolipga avval apelsinli qiyomni, keyin ustidan tayyor xamirni ham solasiz. Qolip atrofini folga bilan o‘rab qo‘ying. Shunda qiyom oqib chiqmaydi. Tortimiz 160 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi.

1 soatu 25 daqiqa

6 kishilik


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Apelsinli Tort | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя