Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonib ketdi
20:12

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonib ketdi


Bugun, 14 noyabr kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat 13:52 da Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Temirxo‘ja ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:01 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:05 da qurshab olingan va soat 14:26 da o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida shoxobchaning taxminan 75 kv metr maydonda ichki qismi yonib zararlangan, jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ovqatlanish, KETDI, shoxobchasi, umumiy, Andijonda, yonib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя